» » Yangi Zelandiya Uxandan qariyb 200 kishini evakuatsiya qildi. Ular orasida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor

Yangi Zelandiya Uxandan qariyb 200 kishini evakuatsiya qildi. Ular orasida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor


Yangi Zelandiya hukumati tomonidan ijaraga olingan Air New Zealand aviakompanyasiga tegishli samolyot Xitoyning koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan 190 kishini olib keldi. Bu haqda Stuff nashri xabar berdi.

Samolyot 5-fevral kuni ertalab soat 6:45 dan Uxandan parvoz qilgan hamda soat kechqurun 18:00 atrofida Yangi Zelandiyaning Oklend shahriga qo‘ngan.

Havo kemasi bortida Yangi Zelandiya fuqarolaridan tashqari yana bir nechta mamlakat fuqarosi bo‘lgan.

Xususan, yo‘lovchilar orasida Papua-Yangi Gvineya (17 kishi), Timor-Leshti (17 kishi), Samoa (5), Tonga (4), Fiji (2), Kiribati, Mikroneziya federal shtatlari, O‘zbekiston va Niderlandiya fuqarolari borligi aytilmoqda. Shuningdek, samolyot bortida sakkiz nafar britaniyalik bo‘lgan.

Evakuatsiya qilingan fuqarolarning barchasi 14 kun davomida Shimoliy Okleanddagi Vangaparaoa yarim orolidagi harbiy obyektda karantin ostida saqlanadi.

Qayd etilishicha, reysga chipta bron qilgan 60 kishi parvoz vaqtida aeroportga kelmagan. Bir necha fuqaro Yangi Zelandiyaga qaytishdan bosh tortgan.

Bir nafar fuqaroda parvozga qadar tibbiy tekshiruvda kasallik alomatlari aniqlangani uchun u reysga qo‘yilmagan.

5-fevral kuni Xitoyning murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan Uxan shahridan 84 nafar O‘zbekiston fuqarosining mamlakatga olib kelindi. Ular orasida 5 nafar Qozog‘iston fuqarosi ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha dastlabki charter reys 4-fevral, seshanba kuni, soat 17:20 da Pekin—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 251 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib kelgan edi. Ularda koronavirus aniqlanmagani aytildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют