» » Qirg‘iziston Uxandagi 18 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi

Qirg‘iziston Uxandagi 18 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi


Qirg‘iziston Xitoyning Uxan shahridan o‘zining 18 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Uxandagi o‘n sakkiz nafar Qirg‘iziston fuqarosi 2-fevral kuni maxsus bort bilan Nur-Sultondan Bishkekka olib kelindi. Ular Qozog‘iston tomoni hamrohligida kelgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, kelganlarning barchasi aeroportning o‘zida tekshiruvdan o‘tkazilgan va Bishkekdan tashqarida joylashgan maxsus infeksion bo‘linmaga karantin uchun joylashtirilgan.

“Shifoxona infeksion xavfsizlikning barcha talablariga javob beradi va zaruriy laboratoriya hamda davolash qurilmalari bilan jihozlangan” — deyiladi SSV xabarida.

Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan olib kelinib, karantinga joylashtirilgan fuqarolar bilan faqatgina tibbiyot personali muloqot qilishi mumkin.

Mavzuga doir: Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinmoqda

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, bugungi kunga qadar O‘zbekiston fuqarolari orasida infeksiya qayd etilmaganini ma’lum qilgan edi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoydagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Pekindan Toshkentga charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari Pekin aeroportning 2-terminalidan amalga oshirilishini ma’lum qilib, O‘zbekiston fuqarolaridan 3-fevral, dushanba kuni, Pekin shahridaga elchixonaga kelishlarini so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют