» » Qozog‘iston Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qildi

Qozog‘iston Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qildi


2-fevral kuni Qozog‘iston fuqarolari sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi tezkor tibbiy yordam muvofiqlashtirish markazi tomonidan mamlakatga 83 nafar fuqaro, jumladan 80 nafar talaba Uxan shahridan evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining rasmiy sayti xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, fuqarolarni evakuatsiya qilishda barcha himoya vositalari bilan ta’minlangan qozog‘istonlik shifokorlar ishtirok etgan.

Xitoydan yetib kelganlarning sog‘lig‘i tekshiruvdan o‘tkazilgach, ular 14 kun muddatga poyaxtdan 7 kilometr uzoqlikdagi ko‘p tarmoqli shifoxonaning infeksiyaga qarshi maxsus korpusiga karantinga olingan.

Koronavirusning Qozog‘iston hududida paydo bo‘lishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha hukumat qoshidagi idoralararo komissiya ham klinika infeksion xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha zaruriy texnologiyalar, zamonaviy tashxis, davolash va reanimatsion qurilmalarga ega ekani, u yerda malakali tibbiyot xodimlari faoliyat olib borishini qayd etgan.

Mavzuga doir: 

Evakuatsiya qilingan fuqarolar u yerda qo‘shimcha, birinchi navbatda koronavirus infeksiyasi yuqtirgan yoki yuqtirmagani bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi.

“Karantin davri davomida Xitoydan olib kelingan qozog‘istonliklar bilan faqat o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan ishlash amaliyotiga ega malakali tibbiyot xodimlari muloqot qiladi. Evakuatsiya qilingan fuqarolarning qarindosh-urug‘lari bu haqda ogohlantirilgan va karantin davri bo‘yicha reglament bilan tanishtirilgan”, – deyiladi axborotda.

Mavzuga doir:

Qozog‘iston prezidentining topshirig‘iga ko‘ra, XXRga insonparvarlik yordami tariqasida 16,6 tonna hajmdagi tibbiyot buyumlari yetkazilgan. Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston ham Uxan shahridan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilgan.

Idoralararo komissiya aholidan noto‘g‘ri axborot tarqatmaslik hamda rasmiy manbalardan tarqatilgan xabarlarga ishonch bildirishni tavsiya qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют