» » Xitoy koronavirusga qarshi 3 yildan beri mavjud bo‘lgan doriga patent olmoqchi

Xitoy koronavirusga qarshi 3 yildan beri mavjud bo‘lgan doriga patent olmoqchi


Xitoyning Uxan shahridagi virusologiya instituti 2016-yildayoq Amerikaning Gilead Sciences biotexnologik kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Remdizivir” uchun patent olish uchun talabnoma kiritdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

South China Morning Post’ning yozishicha, Xubey provinsiyasidagi institutning Pekin farmakologiya va toksikologiya instituti bilan hamkorlikda e’lon qilingan hisobotida ushbu dori vositasi va bezgakni davolashda foydalaniladigan xloroxin birga qo‘llanganda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda samarali ekanligi ta’kidlangan.

Bayonot mualliflarining aytishicha, ularning har ikkisi turli kasalliklarni davolashda yordam beradi, shu sababli koronavirusga chalingan bemorlarni davolashdan ulardan ommaviy foydalanish lozim deb taxmin qilinmoqda.

Gilead kompaniyasining o‘zida esa “Remdizivir” aslida hali tibbiyot idoralari tomonidan tasdiqlanmagani va uning samaradorligi hali isbotlanmagani aytilmoqda.

Kompaniyaning rasmiy vakili Merdad Parsining so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan avvalgi sinovlarda dori nazariy jihatdan koronavirusning ayrim turlarini davolashda yordam berishi mumkinligini ko‘rsatgan. Ammo pnevmoniya belgilariga ega bemorlarga berish qanchalik muhimligini hali ham tushunish kerak.

O‘z navbatida Gilead vitse-prezidenti Sonya Choy bir necha yildan beri tadqiqot o‘tkazib kelayotganiga qaramay, kompaniya 3 yil ichida patent olmaganini aytgan.

Hogan Lovells kompaniyasidan bo‘lgan huquqshunos Endryu Kobdening aytishicha, agar “Remdizivir” bosh dori bilan birgalikda qo‘llanganda koronavirusni davolashda yordam berishi mumkinligi isbotlansa, Uxandagi institutning patent olish imkoniga ega bo‘ladi.

Avvalroq Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi 2019-nCoV koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют