» » Bezos Amazon‘ning 1,74 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi

Bezos Amazon‘ning 1,74 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi


Amazon asoschisi Jeff Bezos 31-yanvar va 3-fevralda kompaniyaning o‘ziga tegishli 1,74 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi. Bu haqda Forbes nashri ma’lumotlariga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Soliqlar to‘langandan keyin milliarderning ushbu amaliyotdan olgan sof daromadi 1,3 milliard dollarni tashkil qilgan.

Bezos aksiyalarini nima uchun sotishga qaror qilgani noma’lum. U har yil milliard dollarlik aksiyalarini sotadi. Misol uchun, 2019-yil iyul-avgustida tadbirkor 2,8 milliard dollarlik aksiyani sotib yuborgan. O‘shanda Amazon kompaniyasi tomonidan bunga hech qanday izoh berilmagan.

2017-yilda Bezos koinot tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi Blue Origin kompaniyasiga pul to‘playotganini ma’lum qilgandi.

30-yanvarda Amazon aksiyalari narxi kompaniyaning choraklik hisoboti e’lon qilingandan keyin jadal yuqorilagan. O‘shanda Bezos elektron savdolar vaqtida 15 daqiqa ichida 13 milliard dollarga boyib, umumiy boyligi 129,5 milliard dollarga baholangandi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda tadbirkorning boyligi 125,8 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: Jeff Bezos 15 daqiqada 13,2 mlrd dollar ishlab topdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют