» » Xitoy koronavirus sababli mamlakat bilan savdo va safarni cheklagan davlatlardan norozi bo‘ldi

Xitoy koronavirus sababli mamlakat bilan savdo va safarni cheklagan davlatlardan norozi bo‘ldi


Xitoy koronavirus tarqalishi sababli mamlakatga nisbatan keskin cheklov choralarini ko‘rgan davlatlarga nisbatan noroziligini bildirdi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin 6-fevral, payshanba kuni, o‘tkazilgan onlayn-brifingda ma’lum qilgan.

“Koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan pnevmoniya tarqalgandan so‘ng Xitoy kasallik keng tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun eng keng qamrovli va qat’iy choralarni ko‘rdi va bu harakatlar hozirda ijobiy natijalarni bermoqda”, — degan TIV vakili.

U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoy hukumati tomonidan kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rayotgan choralarini yuqori baholaganini va Xitoyga safar va savdo-sotiqni cheklashni tavsiya etmasligini bir necha bor ta’kidlaganini aytgan.

Qator davlatlar keskin choralar ko‘rganidan so‘ng Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (XFAT) ham mamlakatlarni JSST tavsiyalariga rioya qilishga chaqirgan.

“Biz JSST va XFATning professional tavsiyalarini inkor etgan tegishli davlatlarga norozilik bildiramiz”, — deb ta’kidlagan Xua Chunin. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarning harakatlari nafaqat kasallik tarqalishining oldini olishda yordam bermaydi, balki jamiyatda sun’iy ravishda vahima keltirib chiqaradi. Bu esa normal xalqaro almashinuv va hamkorlik uchun jiddiy to‘siq bo‘lib qoladi.

Avvalroq Xitoy TIV vakili AQShni koronavirus to‘g‘risida ataylabdan vahima tarqatishda ayblagandi. Xua Chuninning so‘zlariga ko‘ra, AQSh konsullik xodimlarini Uxandan birinchi bo‘lib evakuatsiya qildi, birinchi bo‘lib elchixona xodimlarining bir qismini Xitoydan olib chiqish istagini bildirdi hamda JSST tavsiyalariga zid ravishda barcha Xitoy fuqarolarini AQShga kirishni to‘liq taqiqlashini e’lon qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют