» » Koronavirusdan tuzalganlarda kasallik qayta takrorlanishi mumkinligi ma’lum qilindi

Koronavirusdan tuzalganlarda kasallik qayta takrorlanishi mumkinligi ma’lum qilindi


Koronavirusdan davolanib, kasallikdan forig‘ bo‘lganlarda uni yana qayta yuqtirib olish xavfi mavjud. Bu haqda xitoylik shifokor Chjan Sinyuan ma’lum qildi, deb yozmoqda Daily Mail.

Shifokorning aytishicha, tuzalib ketgan bemorlarda qaytadan kasallikka chalinish xavfi mavjud. Shu sababli, ular barcha himoya choralarini ko‘rishi kerak.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, virus odam organizmiga tushganda, kasallikka qarshi kurashga yordam beradigan antitanalar inson tanasida ishlab chiqariladi, bu kasallikni yengishga yordam beradi. Biroq vaqt o‘tishi bilan antitanalar soni kamayadi va tananing virusga qarshi kurashish qobiliyati zaiflashadi. Bundan tashqari, shifokorning ta’kidlashicha, viruslar odatda bir nechta shtammlarga ega va ulardan biriga qarshilik ko‘rsata oladigan odam baribir boshqalarga nisbatan zaif bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, xitoylik ekspertning hamkasblari uning bayonotini tanqid qilgan va koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimoli juda past ekanligini ta’kidlagan. Edinburg universiteti immunologi Pol Digardning ta’kidlashicha, bugungi kunga qadar koronavirus aniqlangandan buyon mutatsiyaga uchramagan, shuning uchun, bu virus bilan kasallangan insonning tanasi qayta kasallanishdan yetarli darajada himoyalangan bo‘ladi.

Ekseter universiteti doktori Bxarat Pankxaniyaning ma’lum qilishicha, Chjanning xavotirlari qanchalik asosli ekanligini aytish qiyin. Hali ham koronavirus haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Bemorlarning aksariyati virusni qanday yuqtirgani noma’lum, ularning kasalliklari qanday kechishi, tiklanish uchun qancha vaqt kerakligi va kasallikning qaytalanishi mumkinligi haqida ma’lumot yo‘q. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, inson tanasi viruslarni aniq taniy oladi va ularga qarshi muvaffaqiyatli kurashadi.

Avvalroq Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi (2019-nCoV) koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi. Shuningdek, Xitoy koronavirusga qarshi 3 yildan beri mavjud bo‘lgan doriga patent olmoqchi ekanligi ma’lum qilindi.

Toshkentdagi dorixonalarda esa niqoblarning defitsiti kuzatilmoqda, ba’zi dorixonalarda kuniga 700 dona niqob sotilmoqda. O‘zbekiston dorixonalarida esa tibbiy niqoblar narxi 500 so‘mdan 5000 so‘mgacha oshdi.

Eslatib o‘tamiz, 6-fevral holatiga ko‘ra, koronavirus qurbonlari soni 500 kishidan oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 131) ( 0) ( 130) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют