» » Xitoydan kelganlar ro‘yxati asosida 2912 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Xitoydan kelganlar ro‘yxati asosida 2912 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining “Daryo”ga ma’lum qilishicha,  koronavirus kasalligi 6-fevral kunigacha dunyodagi 24 ta davlatda 191 nafar fuqarolarda laboratoriya usulida tasdiqlangan.

Xitoyda jami 28 060 nafardan ortiq fuqarolar kasallanib, kunlik o‘sish 15,2 foizni (3667 nafar) tashkil etmoqda. 564 (2 foiz) nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.

5-fevral kuni Agentlikning virusologiya laboratoriyasiga Xitoydan kelgan 245 nafar fuqarolardan koronavirus infeksiyasi tahlili uchun namunalar keltirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 5-fevral kuni xorijiy davlatlardan 28 ta samolyot qabul qilindi, 3990 nafar fuqarolar sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan.

Temir yo‘llari AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan jami 663 nafar fuqarolar o‘tgan, shulardan 40 nafarini xorij fuqarolari tashkil etadi. Tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniqlanmagan.

Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 1585 ta avtotransportlar, 28 644 nafar fuqarolar o‘tkazilgan, shulardan 14 646 nafari chet el fuqarolari hisoblanadi.

“Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan Xitoydan kelgan fuqarolar ro‘yxati asosida 2912 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 2188 nafarida kasallikni yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlandi. Bugungi kunda 724 nafar fuqarolar 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi”, — deyiladi xabarda.

Hukumat komissiyasi qarori bilan 4—6-fevral kunlari O‘zbekistonga Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan shahridan 1 ta charter reyslar orqali jami 584 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi. Fuqarolarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi va 14 kun muddat davomida (kasallikning yashirin davri davomida) tibbiy nazoratga olindi. Fuqarolar uchun maxsus tayyorlangan muassasalarda barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.

Mavzuga doir: 

Agentlikning markaziy shtabi mutaxassislari tomonidan 71-276-49-66 ishonch telefoni orqali murojaat qilganlarga tushuntirishlar, aniq ma’lumotlar va zarur tavsiyalar berib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют