» » Xabarovsk aholisi koronavirus tufayli niqob taqib yurishga majburlanmoqda

Xabarovsk aholisi koronavirus tufayli niqob taqib yurishga majburlanmoqda


Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida kun davomida ko‘p sonli odamlar bilan muloqot qilish bilan bog‘liq kasb egalari 10-fevraldan majburiy tartibda tibbiy niqob taqishi kerak bo‘ladi, deb xabar berdi Meduza.

Gap tibbiyot xodimlari, banklar ishchilari, savdo markazlari va transport kompaniyalari xodimlari haqida ketmoqda.

Xabarovsk meriyasi niqob taqish rejimini koronavirus, gripp va o‘tkir-respirator kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilmoqda.

“Niqoblar — uzoq vaqt davomida sinovdan o‘tkazilgan himoya vositasi. Ko‘chada uni taqib yurish majburiy emas, lekin bino ichida albatta taqish talab etiladi. Niqoblar har ikki soatda almashtirilishi kerak”, — dedi Xabarovsk meriyasi vakili.

Shuningdek, o‘lka meriyasi dorixonalarda niqoblar yetarli ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga hozirda o‘lkadagi dorixonalarda tibbiy niqoblar savdosida cheklov mavjud ekanligi aytildi. Xususan, bir kishiga 15 tadan ko‘p niqob sotilmayapti.

Avvalroq Rossiyada tibbiyot niqoblari taqchilligi kuzatilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Bu holat O‘zbekistondagi dorixonalarda ham qayd etildi. Tibbiy niqoblar narxi bir necha baravarga ko‘tarilib ketdi. Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tibbiy niqoblar narxini asossiz oshirgan dorixonalar yopilishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют