» » APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi ma’lum bo‘ldi (video)

APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi ma’lum bo‘ldi (video)


Angliya Premyer Ligasi matbuot xizmati yanvar oyining eng yaxshilari nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Argentinalik futbolchi yanvar oyida Premyer Ligada uchta o‘yin o‘tkazib, olti gol va bitta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi. Aguero faoliyati davomida yettinchi marta ushbu sovringa ega bo‘ldi.

Mazkur nomga shuningdek, Alisson (“Liverpul”), Abdulaye Dukure (“Uotford”), Jek Grilish (“Aston Villa”), Jordan Henderson (“Liverpul”), Ayose Peres (“Lester”) va Jek Stivens (“Sauthempton”) kabi futbolchilar da’vogarlik qilgandi.

5?? wins in January to continue Liverpool's unbeaten run

? Jurgen Klopp is the @BarclaysFooty Manager of the Month for January#PLAwards pic.twitter.com/NAQuMup4Mg

— Premier League (@premierleague) February 7, 2020

Eng yaxshi murabbiy nomiga yana Yurgen Klopp loyiq ko‘rildi. Germaniyalik mutaxassis joriy mavsum beshinchi marta ushbu sovringa ega chiqdi va 2017/18-yilgi mavsum davomida to‘rt bor oyning eng yaxshisi deb topilgan “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiolaning rekordini yangiladi.

Yanvar oyidagi to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alabaga erishgan Klopp ovoz berish jarayonida Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”), Ralf Hazenhyuttl (“Sauthempton”) va Nayjel Pirsondan (“Uotford”) ustun keldi.

Alirizo Jahonbaxsh esa yanvar oyining eng chiroyli goliga muallif bo‘ldi. Eronlik futbolchining “Chelsi”ga qarshi o‘yinda (1:1) akrobatik uslubda urgan goli qolgan nomzodlarni ortda qoldirgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют