» » APLning noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi

APLning noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi


“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp Angliya Premyer Ligasida noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Klopp jamoasi bilan noyabr oyidagi to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. “Liverpul” bu oyda “Manchester Siti”, “Aston Villa”, “Kristal Pelas” va “Brayton” klublarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Nemis mutaxassisi APLdagi faoliyati mobaynida oltinchi marta oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko‘rildi. Qayd etish joiz, bu Kloppning so‘nggi to‘rt oy ichidagi uchinchi sovrinidir. Bunday natijani avvalroq Pep Gvardiola qayd etgan, xolos.

Noyabrda bu nomga 52 yoshli Klopp bilan birga Nunu Eshpiritu Santu (“Vulverhempton”), Brendan Rojers (“Lester”) va Kris Uaylder (“Sheffild Yunayted”) ham da’vogarlik qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” nemis murabbiyi bilan 2024-yilga qadar yangi shartnoma imzoladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют