» » Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 800 dan oshib ketdi

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 800 dan oshib ketdi


8-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 89 nafarga ko‘payib, 811 nafarga yetdi, deb xabar berdi “RBK”.

Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida 81 kishi, Xenanda 2 kishi, Xebey, Xeylunszyan, Anxuey, Shandun, Xunan va Guansi-Chjuan provinsiyalarida bir kishidan vafot etgan.

Kasallanganlar soni 37198 nafarga yetgan, 2649 kishi sog‘ayib ketgan.

Xitoydan tashqarida Hongkong va Filippinda bittadan o‘lim holati qayd qilingan.

Bir kun avval Xitoyda virus qurbonlari soni 722 nafarni, kasallanganlar 34,5 ming nafarni tashkil qilayotgani ma’lum qilingandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashda niqoblardan oqilona foydalanishga chaqirdi. Tashkilot himoya vositalariga talab 100 baravar, uning narxi esa 20 baravar oshishini taxmin qilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют