» » Dream City: “Yuksak darajadagi qulaylik uchun mo‘ljallangan metr kvadratlar”

Dream City: “Yuksak darajadagi qulaylik uchun mo‘ljallangan metr kvadratlar”


Dream City loyihasining yaratuvchisi Tashkent City hududida joylashgan maydoni 69 metr kvadratli Boulevard turar joy majmuasining afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

Maydoni 69 metr kvadrat bo‘lgan Boulevard turar joy majmuasining oliy darajadagi qulaylik asosida barpo etilgan xonadonlari o‘z egalariga farovon yashash imkonini bera oluvchi makondir. Mas’uliyat va did bilan loyihalashtirilgan 2 xonali xonadonlar ko‘p funksiyaliligi bilan ajralib turadi. Aynan shu sababli ham bu xonadonlar oilaviy juftliklarga ham, yosh bolali oilalarga ham birdek mos keladi.

Shinam mehmonxona, 30 metr kvadratni tashkil etuvchi maydon, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni kechki ovqatga chaqirishingiz imkonini beradi. Farzandlaringiz esa bu vaqtda o‘yin maydonchasida o‘ynashlari mumkin. Maydoni 69 metr kvadrat bo‘lgan Boulevard turar joy majmuasidagi xonadon oynalari ichki, yopiq va himoyalangan hovlilga qaragan. Shuning uchun Siz doimiy ravishda farzandlaringizni kuzatib turishingiz va ularning xavfsizligi borasida tashvishdan holi bo‘lishingiz mumkin bo‘ladi.

10 metr kvadratli yotoqxona uni istagingizga ko‘ra jihozlash uchun ayni muddaodir. Xonalarning yorug‘ va shinam bo‘lishi uchun yorug‘likka maksimal darajada e‘tibor qaratilgan.

8 metr kvadratdan ortiq maydon Sizga qulay va funksional oshxona maydonini jihozlash, unda standart oshxona jihozlariga qo‘shimcha ravishda ovqatlanish stoli uchun joy ham mavjud. Bundan tashqari, Siz ochiq balkonda ertalabki qahvani icha turib, go‘zal manzaradan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

69 metr kvadratli xonadonlarning bo‘lajak egalari amalga osirishi mumkin bo‘lgan yana bir qulaylik bu shift balandligini tanlash imkoniyatidir. Deylik 3-qavatdan 5-qavatgacha bo‘lgan xonadonlar polidan shiftgacha bo‘lgan oralig‘i 3,40 metr, 6-qavatdagi xonadonlarda esa bu oraliq 3,70 metrni tashkil etadi.

Bugungi kunda xonadondan ko‘rinadigan manzaraning qandayligi muhim ahamiyatga ega. Turar joydagi 69 metr kvadratli barcha xonadonlar maxsus jihozlangan, gullarga burkangan, sun‘iy havzalar, favvoralar mavjud bo‘lgan ichki hovlilarga chiqadi. Shuningdek, xonadonlar bu tarzda joylashishi ularni shovqindan xalos etadi.

Boulevard turar joy majmuasining 69 metr kvadrat maydonga ega xonadonlarini bir necha turdagilarini xarid qilish mumkin. Ular qoralama tarzida loyihalashtirilgan va erkin loyihali xonadonlardir. Sanab o‘tilgan barcha turdagi xonadonlarni sotib olishda Dream City Development ko‘chmas mulk mutaxassislari Sizga optimal ravishda mos keladigan xonadonni tanlash va ular yuzasidan paydo bo‘lgan barcha savollarga javob topishga ko‘maklashishadi.

Manzil: Furqat ko‘chasi, Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy nomidagi shoh ko‘cha tomon yo‘l.

Yagona axborot markazi: (+998) 71?202?22?22

Sayt: dreamcity.uz

Telegram

Facebook

Instagram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют