» » Xitoyda parranda grippi ham keng tarqalayotgani ma’lum qilindi

Xitoyda parranda grippi ham keng tarqalayotgani ma’lum qilindi


Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida H5N6 parranda grippi tarqalmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Mamlakat qishloq xo‘jalik vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, insonlarning parranda grippi bilan kasallanish holati hozircha qayd etilmagan.

Qayd etilishicha, parranda grippi Nanchun shahar okrugi Sichun uyezdidagi fermalardan birida aniqlangan.

Fermada 2497 ta parranda bo‘lgan, ulardan 1840 tasi grippni yuqtirgan hamda nobud bo‘lgan.

Epidemiya tarqalganidan so‘ng mahalliy hukumat kasallik tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rib, 2,26 mingta parrandani yo‘q qilgan.

Avvalroq Xitoyning yangi turdagi koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasining janubiy chegarasida joylashgan Xunan provinsiyasida parranda grippi tarqalgan haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni 908 kishiga yetdi. Mamlakat bo‘ylab olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq 40 171 holat qayd etilgan — 35 982 kishi hozirda davolanishda, shundan 6 484 kishining ahvoli og‘ir, yana 3 281 kishiga shifoxonadan javob berilgan.

Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurash uchun 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют