» » Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning Xitoydan boshqa davlatlarda ham tarqalishi mumkinligini prognoz qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning Xitoydan boshqa davlatlarda ham tarqalishi mumkinligini prognoz qildi


Yangi 2019-nCoV koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat mutaxassislar hozirgi kunda taxmin qilayotganidan jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

JSST rahbarining ta’kidlashicha, Xitoyda bo‘lmagan kishilar tomonidan virusning yangi turini yuqtirish holatlari qayd etilgan. Uning fikricha, bu holatlar yuqumli kasallik boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalishi mumkinligidan dalolat beradi.

“Qisqacha aytganda, biz aysbergning uchini ko‘rib turibmiz”, — deydi Gebreyesus.

Xitoydan tashqarida virusning tarqalish sur’ati hozircha past darajada, ammo, keyinchalik u tezlashishi mumkin, deya ogohlantirdi JSST rahbari. Gebreyesus barcha davlatlarni infeksiyaning kirib borishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ‘imkoniyatlar darchasidan’ foydalanishga chaqirdi. “Bu kasallikni laboratoriyada tezda tashxislash imkoni, aloqalarni kuzatib borish va sog‘liqni saqlash arsenalida boshqa vositalarni o‘z ichiga olishni anglatadi”, — deya qayd etdi Gebreyesus.

Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasini samarali davolay oladigan preparat mavjud emas, deya ogohlantirdi JSST vakillari.

Shu bilan birga, tashkilotda qayd etishlaricha, o‘z vaqtida yordam berish, shu jumladan, nafas olish va to‘g‘ri parvarishlashda ko‘mak ko‘rsatish bemorlarga asqatishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni bir oy ichida 2012-yilgi Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS-CoV) oqibatida halok bo‘lganlar sonidan oshib ketdi. 9-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni 908 kishiga yetdi. Xitoy koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish uchun 10,3 milliard dollarga yaqin mablag‘ sarfladi.

Mavzuga doir: Xitoyda parranda grippi ham keng tarqalayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют