» » Groundzero yangi kovorkingining ochilishi

Groundzero yangi kovorkingining ochilishi


8-aprel kuni “Texnoplaza” industrial biznes-markazida yangi kovorkingning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Groundzero taklif etayotgan ishlashning yangi tartibi O‘zbekistonda biznes g‘oyalarini rivojlantirish va biznesni amalga oshirish uchun yangi bosqichga aylanadi. Kovorkingning ochilishi O‘zbekistonning ham biznes hamjamiyati, ham turli kasb vakillari e’tiborini jalb etdi. Tashkil etilgan muhokamalarda respublikaning muvaffaqiyatli tadbirkorlari o‘z tajribalarini mehmonlar bilan o‘rtoqlashdi va ularning savollariga javob berdi.

Shuningdek, boshqa muhim loyihalar, xususan, 8-aprelda ish boshlagan O‘zbekiston marketologlari assotsiatsiyasi bilan teleko‘prik tashkil etildi. Barcha qiziquvchilar uchun Groundzero’ning ochilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn namoyish etildi.

Ochilishdan so‘ng, shu kunning o‘zida dizayner, arxitektor, tadbirkor va kovorking interyeri dizayni muallifi — Ulug‘bek Xolmurodov bilan yangi tartibda “Biznes Laboratoriyasi”ning birinchi intervyusi uyushtirildi.

Lavha davomida u o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va ham arxitekturada, ham dizayn sohalaridagi zamonaviy yo‘nalishlar hamda Groundzero loyihasi ustida ishlash qanday kechgani haqida gapirib berdi. Lavhaning yangi formati tufayli ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Kovorkingni amalga oshirish davomida uning ochilishini intiqlik bilan kutgan minglab muxlislar paydo bo‘ldi. Sinchkovlik bilan o‘tgan bir necha oylik ishlar ortda qoldi va O‘zbekistonning progressiv biznes hamjamiyati rivojiga loyihamiz o‘z hissasini qo‘shishga tayyorlagini faxr bilan ma’lum qilamiz. Bugun biz maqsad sari ilk qadamlarimizni tashlaymiz va barcha hamkorlar va bo‘lajak rezidentlarimizga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Groundzero o‘z faoliyatini boshlamoqda!

Groundzero’ning yangi loyihasi tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish uchun asoslarni yaratadi, ushbu yo‘nalishda ilk qadam tashlayotgan muvaffaqiyatli tadbirkorlarning tajribalarini o‘zida birlashtiradi. Ham mahalliy, ham xorijiy yangi qiziqarli loyihalar, mahsulotlar va xizmatlar uchun boshlanish nuqtasiga aylanadi.

Toshkentda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Groundzero muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham biz uning muvaffaqiyati biz va sizga bog‘liqligiga qattiq ishonamiz.

Biz O‘zbekistonda progressiv tadbirkorlikning eko tizimini shakllantirish maqsadiga xizmat qilamiz, shuningdek, biznesni rivojlantirish uchun ishonchli maydon va qulay kenglik sifatida ishlaymiz.

Wi-Fi / Ko‘p vazifali qurilma
Siz uchun tez Wi-Fi samarali ishlash va hamkorlar bilan muzokaralar olib borish imkonini beradi. Ko‘p vazifali qurilma sizga zarur hujjatlardan nusxa olish yoki chop etishga yordam beradi.

Ivent-hudud
Innovatsion auditoriya yoki jihozlangan muzokara xonalari. Bu yerda siz o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda taqdimotlar o‘tkazishingiz yoki yangi mahsulotni sinovdan o‘tkazishingiz va zarur fidbekka (teskari aloqa) ega bo‘lishingiz mumkin.

Maslahat
Biznesingizni muvaffaqiyatli boshlanishi va rivojlanishi uchun g‘oyadan uni muvaffaqyatli amalga oshirish bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, qo‘llab-quvvatlashi va tajribasi zarur va ushbu qimmatli bilimlarini siz bilan bo‘lishadigan maslahatchi yoki biznes boshqaruvchisi kerak bo‘ladi.

O‘qish
Kovorking bu shunchaki savdo belgisi emas, balki doimiy o‘rganish, o‘sish va tadbirkorlar doirasida takomillashish uchun eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.

Oshxona
Miyaning samarali ishlashi uchun choy, qahva va shirinlik kerak. Bularning barchasini bizning oshxonamizdan bepul topishingiz mumkin!

Dam olish maskani
Yaxshi ish yaxshi dam olish bilan yonma-yon bo‘lishi lozim. Biz sizning dam olishingiz va yangi kuch bilan ishingizni davom ettirishingiz uchun dam olish maskanini tashkil etganmiz.

Telefon: (+998 90) 938-78-77
Veb-sayt: groundzero.uz
Manzil: Yashnobod tumani, Temur Malik ko‘chasi, 146-uy

Facebook: facebook.com/groundzero
Telegram: telegram.me/groundzerocoworking
Instagram: instagram.com/groundzerocoworking

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (10-04-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют