» » Benzema “Real”da Ronaldu o‘rnatib ketgan rekordni yangiladi

Benzema “Real”da Ronaldu o‘rnatib ketgan rekordni yangiladi


Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida “Real” safarda “Osasuna”ga qarshi bahsda maydonga tushib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda “Real”ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema bitta golli uzatma berdi. Bu esa Benzema uchun “Real” safidagi 132-golli uzatmasi bo‘ldi.

Natijada Karim ayni damda “Yuventus” safida harakat qilayotgan “Real”ning sobiq a’zosi Krishtianu Ronalduga tegishli rekordni yangiladi. Ronaldu “Qirollik klubi” safida 131 ta golli uzatma bergandi.

Ma’lumot uchun, Benzema La Liganing joriy mavsumida gol+pas tizimida 19 ochko jamg‘arib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют