» » Karim Benzema “Real”ning 117 yillik tarixida hech bir futbolchi uddalay olmagan ishni amalga oshirdi

Karim Benzema “Real”ning 117 yillik tarixida hech bir futbolchi uddalay olmagan ishni amalga oshirdi


21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 33-turida “Real” hujumchisi Karim Benzema “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yinda het-trikka erishdi (3:0).

Fransiyalik joriy mavsum “Real” safida barcha musobaqalarni hisoblaganda 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Pedro Martin Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berishicha, bu uning Madrid klubi safidagi ikkinchi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Avvalroq 2011/12-yilgi mavsumda Benzema barcha musobaqalarda 32 ta gol urgandi.

Ta’kidlash joiz, fransiyalik so‘nggi beshta uchrashuvda kamida bittatadan gol urdi. Benzema “Ueska” (3:2), “Valensiya” (1:2), “Eybar” (2:1), “Leganes” (1:1) va “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yinlarda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa “Qirollik klubi”ning so‘nggi 8 ta goliga Benzema mualliflik qildi.

MisterChip’ning yozishicha, madridliklarning 117 yillik tarixida hech bir futbolchi ushbu natijani qayd etmagandi.

Bundan tashqari futbolchi joriy mavsum 11 ta golini boshi bilan kiritishga erishdi.

Bu top-5 chempionatlarda joriy mavsum bosh gol urish bo‘yicha eng yaxshi natija hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют