» » Saida Mirziyoyeva — “Ilhom” teatri haqida: “Biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz”

Saida Mirziyoyeva — “Ilhom” teatri haqida: “Biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz”


Toshkentdagi “Shodlik Palas” mehmonxonasining yangi egasi Ofelos Plaza kompaniyasi 7-fevral kuni mehmonxona majmuasida ijara asosida faoliyat yuritib kelgan “Ilhom” teatridan o‘ziga yangi joy topish haqida xat chiqargani ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir:

“Ilhom” teatri jamoasi muassasani yangi joyga ko‘chirish haqidagi qaror uning uchun “o‘limga teng hukm” ekanligini ta’kidlab, 10-fevral kuni jamoatchilikdan teatrga yordam ko‘rsatishni so‘ragan edi. 11-fevral kuni ushbu vaziyatga Prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva munosabat bildirdi.

“Men o‘zim teatr san’ati muxlisiman. Ushbu masala atrofida aytilayotgan tashvishli gap-so‘zlarni eshitib, sizni ishontirib aytamanki, biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

O‘z posti yakunida Mirziyoyeva xonim shunday qo‘shimcha qilgan: “‘Ilhom’ — madaniy hayotimizning faxri!”.

“Ilhom” teatri jamoasi Saida Mirziyoyevaning munosabatini quvonch bilan qarshi oldi.

“Biz bir daqiqa avval kelgan xushxabardan behad shodmiz! Saida Shavkatovna va barcha-barchaga beqiyos ko‘maklari uchun ulkan minnatdorlik bildiramiz”, — deyiladi teatr jamoasi murojaatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют