» » Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov: “Ilhom” teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov: “Ilhom” teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi


O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toshkentdagi “Ilhom” teatri atrofidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Uning bayonoti Madaniyat vazirligi matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan.

Mavzuga doir: “Ilhom” teatridan “Toshkentning umumiy manzarasini buzib turgan” binoni bo‘shatish so‘raldi. Teatr uchun bu “o‘limga teng” iltimos

Vazir Nazarbekovning ta’kidlashicha, u 10-fevral, dushanba kuni “Ilhom” teatri badiiy rahbari Boris Gafurov hamda teatr joylashgan bino rahbarlari bilan uchrashgan.

“Uchrashuvda nafaqat O‘zbekistonda, balki xorij mamlakatlarida ham o‘z dovrug‘i va muxlisiga ega bo‘lgan ‘Ilhom’ teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi”, — deydi vazir.

Ozodbek Nazarbekovning qo‘shimcha qilishicha, “madaniyat va san’at — Madaniyat vazirligining doimiy himoyasidadir”. “Bundan buyon ‘Ilhom’ teatrining ijodiy faoliyati ham har tomonlama vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi”, — dedi vazir.

Avvalroq Prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva jamoatchilik “Ilhom” teatrini “xafa qildirib qo‘ymas”ligini ta’kidlagan edi. Toshkent shahar hokimligi esa teatr joylashgan “Shodlik Palas” mehmonxonasining Shayxontohur tuman hokimligi ko‘rsatmasiga asosan ta’mirlanishi haqidagi xabarlar yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: Saida Mirziyoyeva — “Ilhom” teatri haqida: “Biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют