» » Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoydagi koronavirusga yangi nom berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoydagi koronavirusga yangi nom berdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) avval 2019-nCoV deb e’tirof qilingan koronavirusga yangi nom berdi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus brifingda ma’lum qilgan, deyiladi tashkilotning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

JSST qaroriga muvofiq, virus COVID-19 nomini olgan, bu Corona Virus Disease jumlasining qisqartmasi (“koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik”) va mos ravishda virus tarqalgan yil (2019).

Gebreyesus virusga nom berishdagi tanlovga izoh berish vaqtida JSSTda tan olingan me’yorlarga ko‘ra nom “geografik joylashuv, hayvon, odam yoki odamlar guruhiga aloqador bo‘lmasligi, oson talaffuz qilinishi va kasallikka aloqador bo‘lishi lozimligini” ta’kidlagan.

“Rasmiy nomning bo‘lishi virusning boshqacha talqin qilinishi, ya’ni noaniq yoki chalg‘ituvchi nom bilan atalishining oldini oladi. Shuningdek, bu bizga kelajakda yana koronavirus bilan bog‘liq holatlar kuzatilganda standart formatda ularga qarshi kurashish imkonini ham beradi”, — deya ta’kidlagan JSST rahbari.

Mavzuga doir: 

Shuningdek, u COVID-19 ga chalingan bemorlar soni Xitoyda 42 708 nafarga yetgani, qolgan 24 mamlakatda 393 ta holat qayd etilganini bildirgan. Virus tufayli 1018 nafar odam hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют