» » AQSh Nigeriyaga “Boko Haram”ga qarshi kurash uchun 600 mln dollarlik qurol sotish niyatida

AQSh Nigeriyaga “Boko Haram”ga qarshi kurash uchun 600 mln dollarlik qurol sotish niyatida


Donald Tramp ma’muriyati “Boko Haram” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashish maqsadida Nigeriyaga umumiy qiymati 600 million dollar bo‘lgan 12 ta A-29 Super Tucano turbovintli shturmchi samolyotlarini sotmoqchi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Nigeriyaga A-29 Super Tucano samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2016-yilda, Barak Obama ma’muriyati tomonidan tayyorlangan. Biroq u Nigeriyada inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq holatlar qayd etilgani sabab, amalga oshmay qolgan edi.

So‘nggi yillarda Nigeriya hukumati harbiy aviatsiyani qo‘llagan holda jangovar operatsiyalar o‘tkazish vaqtida tinch aholi vakillari o‘limiga sabab bo‘lishda bir necha bor ayblangan edi. Qochoqlar lageri bombardimoni bilan tugagan oxirgi shunday hodisa oqibatida kamida 230 kishi halok bo‘lgani aytilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют