» » “Bizda bunday ma’lumot yo‘q”. O‘zbekiston? Sog‘liqni saqlash vazirligi Turkmanistonda koronavirusdan bir kishi vafot etganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi

“Bizda bunday ma’lumot yo‘q”. O‘zbekiston? Sog‘liqni saqlash vazirligi Turkmanistonda koronavirusdan bir kishi vafot etganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga Turkmanistonda koronavirus qayd etilgani haqida ma’lumot kelib tushmagan. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

11-fevral, seshanba kuni, OAVda Turkmanistonning Lebob viloyatida Xitoydan evakuatsiya qilingan Turkmaniston fuqarolari hamda China National Petroleum Corporation (CNPC) kompaniyasining xitoylik ishchilari uchun qurilgan lager hududida koronavirus kasalligidan bir kishi vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unada aytilishicha, marhum Xitoydagi universitetlardan birida o‘qigan talaba yigit bo‘lgan, uning tanasi krematoriyda yoqib yuborilgan. Biroq bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmadi.

Bahodir Yusupaliyevning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda Turkmanistonda koronavirus qayd etilgani haqidagi ma’lumot vazirlikda yo‘q.

“Ular bilan ma’lumotlar almashish yo‘lga qo‘yilgan va bu axborot almashinuvini davom ettiramiz”, — dedi u.

Avvalroq yangi koronavirus infeksiyasiga COVID-19 deb nom berilgani, 12-fevral holatiga ko‘ra, ushbu kasallik oqibatida vafot etganlar soni 1100 kishidan oshib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют