» » Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi


Rossiyaning Chelyabinsk viloyati hududida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, yana ikki nafar o‘zbekistonlik tan jarohati oldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 7-fevral, juma kuni, Chelyabinsk viloyati hududidan o‘tuvchi Yujnouralsk—Magnitogorsk trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarosi M.R. vafot etgan. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari M.N. va A.R. tan jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

TIV tomonidan qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, jarohatlanganlar va ularning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilgan, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhum ayolning jasadini turmush o‘rtog‘i hamrohligida O‘zbekistonga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Avvalroq Buxoro viloyatida yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. 11-fevral, seshanba kuni esa Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida politsiyachilar va favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlari Samara—Chimkent trassasida avtobus buzilishi oqibatida sovuqda qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qutqardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют