» » O‘zbekistonda Mahalla va oila masalalari vazirligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Mahalla va oila masalalari vazirligi tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-fevral, chorshanba kuni, mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mahallalarda to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarga samarali yechim topish, tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash yo‘lida barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish shartligini ta’kidladi. Ushbu ulkan sohaga mas’ul alohida davlat idorasi — Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish taklifi bildirildi.

Qayd etilishicha, yangi vazirlik mahalladan tortib respublika darajasigacha 40 mingdan ortiq xodimni birlashtiradi va ularning “bir yoqadan bosh chiqarib”, yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, joylarda muammolarni hal qilishning yaxlit va ta’sirchan vertikal tizimi yaratiladi, deyiladi xabarda.

Vazirning birinchi o‘rinbosari oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalarga mas’ul etib belgilanadi. Vazirning yana bir o‘rinbosari keksalarni ijtimoiy rag‘batlantirish, yoshlarda vatanparvarlikni mustahkamlash masalalari bilan shug‘ullanadi. Oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, tomorqa va obodonlashtirish, ekologiya, bandlikka ko‘maklashish masalalariga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi.

Vazir — “Mahalla” jamg‘armasiga, vazirning birinchi o‘rinbosari — “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash” jamoat fondiga, Keksalar va faxriylar bo‘yicha o‘rinbosar “Nuroniy” jamg‘armasiga raislikni ham bajaradi.

Vazirlikning hududiy boshqarma va bo‘limlari boshliqlari hokim o‘rinbosari hisoblanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i hududlardagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari darajasiga ko‘tariladi. Mahalla va oila masalalari vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi.

Yangi tuzilmada xotin-qizlar bilan ishlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Shu vaqtga qadar xotin-qizlar qo‘mitalarida, mahallalarda mehnat qilib kelgan ayollar tuzilmada faoliyatini davom ettiradi, ularning mavqei, moddiy shart-sharoitlari va ish haqi ham sezilarli oshiriladi.

Mahalla raisining vakolat muddati uch yildan besh yilga o‘zgartiriladi. Uning uch nafar o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Profilaktika inspektori endilikda mahalla raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. U ham besh yil muddatga tayinlanadi.

Mahallalardagi turli yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan, biroq kutilgan samarani bermay kelayotgan 12 ta jamoatchilik komissiya va tuzilmasi ham optimallashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют