» » O‘zbekistonda Xalqaro oila kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda Xalqaro oila kuni nishonlanadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Hujjatga muvofiq, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar etib belgilandi:

Oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

Zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;

Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish;

Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash;

Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Oila” markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va keng jamoatchilikning Xalqaro oila kunini respublikaning barcha hududlarida har yili nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. “Oila” markaziga respublikada 2019-yilda va keyingi yillarda Xalqaro oila kunini nishonlash to‘g‘risidagi hukumat farmoyishi loyihasini kiritish topshirildi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro oila kuni butun dunyoda har yili 15-may kuni nishonlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют