» » Toshkentda “Oila” markazi rahbarlari uchun seminar o‘tkazildi

Toshkentda “Oila” markazi rahbarlari uchun seminar o‘tkazildi


Poytaxtda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarma boshliqlari uchun seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 26-martdagi “Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida mazkur o‘quv kurslari ilk bor tashkil etildi.

O‘n kun davomida mutaxassislar zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, boy madaniy tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, oilalardagi barqaror muhitni ta’minlash yuzasidan bilimlarini mustahkamladi.

Shu bilan birga poliklinikalar, mahallalar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishda ishtirok etish, huquqiy va psixologik maslahatlar berish, ajralishlarning oldini olishga oid yo‘nalishlar belgilandi.

Seminar davomida sohadagi ishlarni tartibli yo‘lga qo‘yishdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega ijobiy tajribalar tahlil qilindi. Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, nikoholdi tibbiy ko‘riklarni samarali tashkil etish yuzasidan takliflar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют