» » Xubey rasmiylari koronavirusni yuqtirganlar soni keskin oshishi sababini ma’lum qildi

Xubey rasmiylari koronavirusni yuqtirganlar soni keskin oshishi sababini ma’lum qildi


Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirusdan halok bo‘lganlar va yuqtirganlar soni keskin oshib ketishi endilikda ushbu infeksiyani yuqtirganlarning umumiy soniga yangi tasnif bo‘yicha tashxis qo‘yilganlar ham kiritilishi bilan izohlanadi, deb xabar berdi “RBK”.

Qayd etilishicha, shifokorlar avvalroq qo‘yilgan tashxislarni qayta ko‘rib chiqqan hamda tashxis qo‘yishning yangi usuliga o‘tgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir sutka ichida Xubeyda 14 840 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Shundan 13 436 ta holat viloyat ma’muriy markazi hisoblangan Uxan shahriga to‘g‘ri keladi.

Provinsiyada so‘nggi bir sutka davomida COVID-19 infeksiyasi asoratlaridan 242 kishi vafot etdi.

Umumiy hisobda shifokorlar 13-fevral tongi holatiga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus sabab COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan jami 48 206 kishini ro‘yxatga olgan.

Ayni vaqtda epidemiya boshlanganidan beri 3 441 nafar bemor davolanib, uyiga javob berilgan — so‘nggi bir sutka davomida davolanib bo‘lganlar soni 802 kishiga ko‘paygan. Hozirda 33 693 kishi hali ham davolanishda qolmoqda, ulardan 5 647 nafarining ahvoli juda og‘ir.

12-fevral kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan brifing davomida so‘nggi haftada Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni barqaror ravishda kamaygani va har kuni bir xil darajada turganini ma’lum qildi.

London shahrida COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi. Qayd etilishicha, yangi bemor virusni Xitoyda yuqtirib olgan. Hozirda u Londondagi ixtisoslashtirilgan sog‘liqni saqlash milliy tizimi markaziga joylashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют