» » “Chelsi” 40 mln yevro evaziga Ziyoshni sotib oldi

“Chelsi” 40 mln yevro evaziga Ziyoshni sotib oldi


“Ayaks” yarim himoyachisi Hakim Ziyosh faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi. Bu haqda amsterdamliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, marokashlik futbolchi “Chelsi” safiga 2020-yilning 1-iyulida borib qo‘shiladi. Ziyosh joriy mavsumni “Ayaks” safida yakunlaydi. Buni ingliz klubi ham tasdiqlagan.

Transfer 40 million yevroni tashkil etgan. Bu miqdor turli bonuslar bilan 44 millionga yetishi mumkin.

Ziyosh 2016-yilning 11-sentabrida “Ayaks” safida debyut qilgandi. Shundan keyin futbolchi jamoa safida 160 rasmiy o‘yin o‘tkazib, 49 ta golga mualliflik qilgan.

Avvalroq Ziyosh “Chelsi” bilan besh yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют