» » Shavkat Mirziyoyev texnoparklar qurish loyihalarining ijrosini ko‘rib chiqdi

Shavkat Mirziyoyev texnoparklar qurish loyihalarining ijrosini ko‘rib chiqdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-fevral, payshanba kuni, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, barcha sohalarda ochiqlik va samaradorlikni ta’minlash maqsadida “Elektron hukumat” tizimi keng joriy etilmoqda. Xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 178 ta xizmat yo‘lga qo‘yilib, aholining vaqti va xarajatlari tejalmoqda.

Raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi AQShda 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi, deyiladi xabarda.

Bu sohani rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindistonning Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati hamkorligida O‘zbekistonda IT-park tashkil etilishi belgilangan. 2019-yil 10-yanvarda Vazirlar Mahkamasining shu boradagi qarori qabul qilinib, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki qurila boshlandi.

Davlat rahbari o‘tgan yili 20-noyabr kuni ushbu parkka tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Soha rivojiga yanada keng sharoit yaratish maqsadida IT-parkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

Hozirda u yerda axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha 350 ta mahalliy rezident korxona faoliyat yuritib, 4 ming mutaxassis ishlamoqda. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini amalga oshirish boshlandi.

2020—2024-yillarda 14 ta hududda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining filialini tashkil etib, rezidentlar sonini 3 barobar oshirish va xodimlar sonini 40 mingga yetkazish rejalashtirilgan. Buning natijasida kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi ham, eksporti ham ancha oshadi.

Yig‘ilishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda uning filiallarini qurish, yuqori texnologiyali infratuzilmalar yaratish masalalari muhokama qilindi.

IT-akademiya, IT-laboratoriya, Kovorking markazi, Mobil dasturlar ishlab chiqish markazi, Masofaviy axborot texnologiyalari markazini barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlat buyurtmasi asosida soha va tarmoqlar uchun zarur zamonaviy dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

Jahondagi tendensiyalar bilan hamqadam bo‘lib, yangi ishlanmalarni hayotga faol joriy etish, yetakchi texnoparklar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun ko‘p qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Mutasaddilar qurilish va loyihalashtirish ishlarining borishi yuzasidan hisobot berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют