» » Uzinfocom endi yagona integrator vazifasini bajaradi

Uzinfocom endi yagona integrator vazifasini bajaradi


Uzinfocom kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi endilikda davlat axborot tizimlarini yaratish va qollab-quvvatlash boyicha yagona integrator vazifasini bajaruvchi kompaniya sifatida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Daryoga markaz mutasaddilari malum qildi.

Davlat rahbarining Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy loyiha boshqaruvi agentligi faoliyatini tashkil etish togrisidagi qaroriga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Uzinfocom kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi negizida davlat axborot tizimlarini yaratish va qollab-quvvatlash boyicha yagona integrator tashkil etiladi.

Yagona integratorga quyidagi vazifalar yuklatildi:

Elektron hukumat tizimi va iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalari, apparat va dasturiy taminot tizimlarini ornatish, shuningdek, axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, joriy etish va integratsiyalashni taminlash;

Aholi va xojalik yurituvchi subyektlarga elektron davlat xizmatlarini taqdim etilish sifatini oshirish boyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Mahalliy korxona va tashkilotlarni Elektron hukumat tizimining loyihalarini amalga oshirish va dasturiy taminot mahsulotlarini rivojlantirishga komaklashish;

Davlat organlari, davlat korxonalari va tashkilotlarida axborot tizimlari, resurslar va dasturiy taminot mahsulotlari infratuzilmasining texnologik xavfsizligini taminlash boyicha tadbirlarni amalga oshirish;

Xalqaro standartlarga muvofiq yuqori texnologiyali xizmatlar va mahsulotlar qatorini kengaytirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishga komaklashish.

Shubhasiz, Uzinfocom oldiga qoyilgan vazifalarni tashkil etish va amalga oshirish boyicha keng kolamli ishlar olib borilishi, shuningdek, Ozbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari hamda dasturiy mahsulotlarini jahon bozoriga chiqish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi soha rivoji yolida qoyilgan katta qadam bolib xizmat qiladi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (1-09-2017, 14:57)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -