» » Alibaba koronavirusning iqtisodiyotga halokatli ta’siri haqida ogohlantirdi

Alibaba koronavirusning iqtisodiyotga halokatli ta’siri haqida ogohlantirdi


Alibaba Group koronavirus infeksiyasining Xitoy va butun dunyoda ishlab chiqarish va iste’molga kuchli ta’siri haqida ogohlantirdi, deb yozadi Spot.

Alibaba bosh ijrochi direktori Deniyel Chjan va bosh moliyaviy direktori Meggi Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus tufayli ko‘plab ishchilar buyurtma ololmayapti, buning ortidan o‘z ishini bajara olmayapti.

Koronavirus tufayli iste’molchilarning xatti-harakatlari ham o‘zgardi. Ular xarid qilishdan, sayohat qilish va restoranlarda ovqatlanishdan tiyilmoqda.

“Epidemiya Xitoyning umumiy iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, chakana savdo va servis sektoriga” — deydi U.

Chjanning qayd etishicha, oziq-ovqatlar yetkazib berish o‘sib bormoqda, biroq kiyim-kechak hamda elektronika yetkazib berish esa logistika muammolariga duch kelmoqda.

“Bu butun dunyo bo‘ylab Alibaba biznesiga qisqa muddatli muammolarni keltirib chiqaradi”, — deydi u.

Alibaba o‘z sotuvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqmoqda, shu jumladan, xodimlardan undiriladigan yig‘imlarni kamaytirish va yetkazib berish sohasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha mukofot pullari berishni rejalashtirmoqda.

Chjanning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya o‘z xodimlariga uydan ishlashga ruxsat berib, ularning xavfsizligi haqida qayg‘urmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston iqtisodiyoti Xitoydagi koronavirus tufayli qiyin sharoitlarga duch kelishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют