» » Yangi tashkil etilgan Bandixon tumaniga hokim va boshqa sektor rahbarlari tayinlandi

Yangi tashkil etilgan Bandixon tumaniga hokim va boshqa sektor rahbarlari tayinlandi


Surxondaryo viloyatida qaytadan tashkil etilgan Bandixon tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Mavzuga doir: Surxondaryoda Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 17—18-oktabr kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida Bandixon tumanini qayta tashkil etib, hududni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan. Shunga muvofiq, Oliy Majlis Senatining qarori qabul qilinib, qayta tiklanayotgan tumanning hududi belgilangan. Bu masala Qiziriq, Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlari aholisi, xalq deputatlari tumanlar va viloyat kengashlari sessiyalarida atroflicha muhokama qilingan.

Mavzuga doir: Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani qayta tashkil etiladi. Qiziriq va Boysun tumanlari chegaralari o‘zgartirilishi mumkin

Surxondaryo viloyatida bundan 28 yil avval tashkil etilgan mazkur tuman 8 yil oldin tugatilib, qo‘shni tumanlarga qo‘shilgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Qiziriq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Choriyev Bandixon tumani hokim etib tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, O‘tkir Choriyev 1977-yilning 30-martida Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — iqtisodchi.

Faoliyati davomida Sherobod tumani moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari, bo‘lim mudiri, viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i, Qiziriq tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, sessiyada tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi va davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Anvar Xudoyorov Bandixon tumani prokurori etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan, Akmal Berdinazarov Bandixon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘iga asosan, Abdualim Eshboyev Bandixon tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarining bevosita e’tibori bilan qayta tiklanayotgan tumanni 2020—2022-yillarda rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Keyingi 2—3 yil ichida hududda sanoat, xizmatlar va servis infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 130 ga yaqin loyihani amalga oshirish orqali 1200 dan ortiq yangi ish o‘rnini yaratish, tuman hududidan o‘tuvchi davlat va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarning 85 kilometr qismini ta’mirlash, ichki avtomobil yo‘llarining 50 kilometr qismiga asfalt va 309 kilometr tuproqli yo‘llarga shag‘al qoplama yotqizish, 38,4 kilometr elektr uzatish tarmoqlarini yangidan tortish va rekonstruksiya qilish, 15 dona transformator punktini o‘rnatish, 91 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari, 11 dona suv qudug‘ini qurish va ta’mirlash singari ko‘plab tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют