» » “Inter” futbolchisi Sensi jarohat oldi. U “Yuventus”ga qarshi o‘ynamaydi

“Inter” futbolchisi Sensi jarohat oldi. U “Yuventus”ga qarshi o‘ynamaydi


“Inter” yarim himoyachisi Stefano Sensi jarohat olib safdan chiqdi, deb xabar beradi Corriere dello Sport.

Ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli Sensi 15-20 kun davomida maydonga tusha olmaydi. Futbolchiga chap oyoq barmoqlari suyagining sinish tashxisi qo‘yilgan.

Shu tariqa futbolchi Yevropa Ligasi 1/16 finalidan o‘rin olgan “Ludogorets”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari futbolchi A Seriya doirasida 1-mart kuni “Yuventus”ga qarshi o‘tadigan o‘yinni ham katta ehtimol bilan o‘tkazib yuboradi.

Sensi joriy mavsum Italiya chempionatining 12 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют