» » Afg‘onistonda IShIDning oliy mansabli boshlig‘i yo‘q qilindi

Afg‘onistonda IShIDning oliy mansabli boshlig‘i yo‘q qilindi


Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari 10-aprel, dushanbaga o‘tar kechasi mamlakat shimolida IShID terrorchilik guruhining oliy mansabli boshlig‘ini yo‘q qildi, deb yozadi “RIA Novosti” Afg‘onistonning Saripul viloyati gubernatoriga tayanib.

“IShIDning oliy boshliqlaridan biri — “sher” laqabi bilan mashhur bo‘lgan Kari Sher Muhammad, shuningdek, unga hamrohlik qilgan uch soqchi o‘ldirildi”, — deb yozdi gubernator Muhammad Zohir Vahdat o‘zining Facebook sahifasida.

Amaldor xabariga ko‘ra, terrorchilar Sayod tumanidagi to‘qnashuvlar chog‘ida o‘ldirilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют