» » “Manchester Siti” APL chempionligidan mahrum etilib, nufuzi jihatidan 4-ligaga tushirib yuborilishi mumkin

“Manchester Siti” APL chempionligidan mahrum etilib, nufuzi jihatidan 4-ligaga tushirib yuborilishi mumkin


Moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun Yevropa Chempionlar Ligasidan ikki mavsumga chetlatilgan “Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasidan ham xuddi shuncha muddatga haydalishi mumkin, deb yozmoqda Daily Star.

Har bir klub yangi mavsum oldidan APLdan litsenziya olish uchun moliyaviy hisobotlarni topshiradi.

“Angliya futbol assotsiatsiyasining yangi qoidalariga ko‘ra, moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish bilan bog‘liq holatga duch kelgan har qanday klub ikkinchi ligaga tushirib yuborilishi kerak”, — deyiladi nashr xabarida.

Angliyada Premyer Liga, Chempioniship va Liga 1 dan keyingi musobaqa Liga 2 deb yuritiladi. “Manchester Siti” bu qoidalar sabab nufuzi jihatdan 4-o‘rinda turuvchi Liga 2 ga tushirib yuborilishi mumkin.

“Shaharliklar”ga qo‘shimcha sanksiyalar ham xavf solib turibdi. Jumladan, 2013/14-yilgi mavsum chempionligidan mahrum etilishi kutilmoqda. O‘shanda “Siti” “Liverpul”ni 2 ochkoga orttirgan holda Angliya chempioni bo‘lgandi.

2011/12-yilgi mavsum chempionligi ham bekor qilinishi mumkin. Biroq buning imkoniyati hozircha juda past baholanmoqda.

Qayd etish joiz, 15-fevral, shanba kuni klub direktori Ferran Soriano jamoaning barcha futbolchilari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Soriano ushbu ish bo‘yicha klub aybdor emasligini isbotluvchi, rad etib bo‘lmas dalillari borligini ma‘lum qilib, klub bu borada Xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilishini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2020, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют