» » Xubey hukumati provinsiya hududida transport harakatini cheklab qo‘ydi

Xubey hukumati provinsiya hududida transport harakatini cheklab qo‘ydi


COVID-19 turiga mansub xavfli koronavirusdan eng ko‘p talofat ko‘rgam Xubey provinsiyasi hukumati shahar va qishloqlarda yashovchi fuqarolarining harakatlanishi uchun transport xizmatlaridan foydalanishni cheklab qo‘yish haqida qaror chiqardi. Ushbu chora-tadbirlar orqali hududda infeksiyaning tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladi, deb yozmoqda “RBK”.

“Profilaktika choralari va epidemiyani provinsiya hududida nazorat qilishhal qiluvchi pallaga yetib keldi, ammo vaziyat hali ham jiddiyligicha qolmoqda. Infeksiya manbalarini samarali bartaraf qilish, uning tarqalishini va odamdan odamga yuqishini oldini olish, koronavirusning kasallikkacha yetib borishini bartaraf qilish uchun ham profilaktika va nazorat tadbirlari kuchaytirilgan”, — deyiladi hukumat bayonotida.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinalar sinovdan o‘tkazilmoqda

Yo‘llarda transportda harakatlanish faqat o‘t o‘chirish va avariyaviy qutqaruv xodimlariga, tez yordam va politsiya, shuningdek, xizmat mashinalari va jamoat transportiga ruxsat etilgan. Fuqarolarga ham harakatlanishning alohida rejimi joriy qilingan. Xususan, Xubeyda yashovchi aholi epidemiyaga bilan bog‘liq profilaktika qoidalariga amal qilishi shart.

“Jamoat joylarida tibbiy niqoblardan yurishda davom etish, zarurat bo‘lmasa uylardan chiqmaslik, iloji boricha ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik tavsiya qilinadi”, — deyiladi provinsiya hukumatining xabarida. Provinsiya aholisidan koronavirus belgilari kuzatilganda tezkorlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qilish maslahat berilgan.

Mavzuga doir: 

Shuningdek, barcha qishloqlar, shahar va qishloq hamjamiyatlari, mikrorayonlar, provinsiyaning turar joy komplekslarida fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha qat’iy rejim o‘rnatilgan. Begona mashinalarning ushbu hududlarga kirishi taqiqlab qo‘yilgan.

Yangi koronavirus 2019-yil dekabr oyi oxirlarida Xubey provinsiyasining markaziy shahri Uxan shahrida tarqalgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni xalqaro doiradagi favqulodda holat deb topgan va juda ko‘p kasallik o‘choqlariga ega epidemiya deb atagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2020, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют