» » A Seriya. “Inter” “Latsio”ga mag‘lub bo‘lib uchinchi o‘ringa tushib ketdi (video)

A Seriya. “Inter” “Latsio”ga mag‘lub bo‘lib uchinchi o‘ringa tushib ketdi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 24-turida “Inter” 16-fevral, yakshanba kuni “Latsio” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida milanliklar himoyachisi Eshli Yang hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida “Inter” darvozasi tomon belgilangan penaltini Chiro Immobile golga aylantirdi. 69-daqiqada Sergey Milinkovich-Savich rimliklarning ikkinchi golini urdi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin “Latsio” ochkolarini 56 taga yetkazib oldi va “Inter”ni (54) ortda qoldirgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Rimliklar peshqadam “Yuventus”dan bir ochko ortda qolmoqda.

Jennaro Gattuzo boshchiligidagi “Napoli” jamoasi “Kalyari” mehmoni bo‘ldi. Dris Mertensning yagona goli neapolliklarga uch ochko olib keldi.

A Seriya

24-tur bahslari

16-fevral, yakshanba

Gol: 0:1 — 65 Mertens.

Gollar: 0:1 — 44 Yang, 1:1 — 50, penalti Immobile, 2:1 — 69 Milinkovich-Savich.

“Latsio”: Strakosha, Acherbi, Radu, Luis Felipe, Milinkovich-Savich, Marushich, Luis Alberto, Leyva (Kataldi, 80), Xoni Rodriges (Latssari, 63), Immobile, Kaysedo (Korrea, 63).

“Inter”: Padelli, Godin (Sanches, 86), de Vrey, Shkrinyar, Yang, Barella, Brozovich (Eriksen, 77), Vesino, Kandreva (Mozes, 76), Martines, Lukaku.

Ogohlantirishlar: de Vrey (49), Leyva (51), Luis Felipe (57), Godin (79), Latssari (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 02:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют