» » Xitoyda koronavirus epidemiyasi chekinmoqda

Xitoyda koronavirus epidemiyasi chekinmoqda


Xitoyda koronavirusning avj pallasi ortda qolib, yangi kasallanganlar soni asta-sekin kamaygani va kelajakda vaziyatning yaxshilanishini kutish mumkinligi aytildi. “TASS”ning xabar berishicha, bunday firkni Uxandagi pnevmoniya bilan kasallangan bemorlar davolanuvchi “Leyshenshan” kasalxonasi bosh shifokori Van Sunxuan bildirgan.

“Koronavirusga qarshi kurashda burilish davri allaqachon keldi. Kasallikka chalinganlarning statistik ma’lumotlariga kelsak, ro‘yxatga olingan aksariyat kasallanishlar esa avval aniqlangan holatlarga tegishlidir. Isitmasi chiqqan bemorlar soni, mening kuzatishlarimga ko‘ra, ketma-ket beshinchi kun kamaymoqda”, — degan u.

Mutaxassis endi kasallanganlar soni keskin oshmasligiga ishonch bildirgan.

Avvalroq Xubey provinsiyasida koronavirus sabab o‘layotganlar soni kamaya boshlagani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda “hal qiluvchi palla” kelgani, koronavirus bilan kasallangan, biroq xastaligini qasddan yashirgan yoki safarlari tarixini oshkor qilmagan fuqarolarga nisbatan jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkinligi xabar berilgan.

Xitoydagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri Zhejiang Hisun Pharmaceutical hukumatdan COVID-19 koronavirusiga qarshi “Favipiravir” potensial dori vositasini sotishni boshlash bo‘yicha ruxsat oldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 70 548 kishini tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют