» » Gonkongda qurollangan shaxslar 600 o‘ram hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketdi

Gonkongda qurollangan shaxslar 600 o‘ram hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketdi


Xitoyning Gonkong shahrida koronavirus tufayli birlamchi ehtiyoj mahsulotlarining yetishmasligidan vahimaga tushgan qurollangan bosqinchilar 600 o‘ram hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, koronavirus tufayli asosiy mahsulotlar yetishmay qolishidan xavotirga tushgan gonkongliklar go‘sht, guruch, lag‘mon, hojatxona qog‘ozi, sovun va shu kabi boshqa mahsulotlarni ulgurji sotib ola boshlashgan.

Gazetaning yozishicha, dushanba kuni soat 6:00 larda niqoblangan uch kishi Gonkongdagi do‘konlardan birining oldida mahsulot yetkazib beruvchidan taxminan 50 qadoq hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketgan. Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilardan birining qo‘lida pichoq bo‘lgan. Voqea sababli ko‘rilgan moddiy zarar miqdori qariyb 130 dollarni tashkil etgan.

Yakshanba kuni Gonkong Iste’molchilar kengashi bosh direktori nam iqlim sharoitida mog‘orlab ketishi mumkinligi sababli mahalliy aholiga hojatxona qog‘ozini juda ko‘p sotib olmaslikni va uyida juda ko‘p miqdorda saqlamaslikni tavsiya etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot yetkazib beruvchilar hojatxona qog‘ozi tanqisligi bo‘lmasligini aytgan.

Avvalroq Xitoyda koronavirus epidemiyasi chekinayotgani, Xubey provinsiyasida koronavirus sabab o‘layotganlar soni kamaya boshlagani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda “hal qiluvchi palla” kelgani, koronavirus bilan kasallangan, biroq xastaligini qasddan yashirgan yoki safarlari tarixini oshkor qilmagan fuqarolarga nisbatan jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkinligi xabar berilgan.

Xitoydagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri Zhejiang Hisun Pharmaceutical hukumatdan COVID-19 koronavirusiga qarshi “Favipiravir” potensial dori vositasini sotishni boshlash bo‘yicha ruxsat oldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 70 548 kishini tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют