» » Fotoreportaj: Gonkong do‘konlarida koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan yetishmovchiliklar va navbatlar

Fotoreportaj: Gonkong do‘konlarida koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan yetishmovchiliklar va navbatlar


Xitoyda koronavirus tufayli davom etayotgan murakkab epidemik vaziyat tufayli Gonkong aholisi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira qilib qo‘yish maqsadida do‘kon rastalarini bo‘shatib tashlamoqda, deb yozadi “RBK”.

Ayni paytda gonkongliklar o‘rtasida eng talab yuqori mahsulotlar — guruch, lapsha, hojatxona qog‘ozi va dezinfeksiya vositalari.

Dorixonalardan dori sotib olish uchun fuqarolardan oldindan yozilish talab qilinmoqda.

“Ertaga vaziyat qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi. Hatto guruch topa olmayapmiz. Yana birpas kutaman, balki kerakli narsalarni olib kelib qolishar” , — deydi gonkonglik ayol.

Gonkongdagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i Wellcome ma’muriyati tovarlar yetishmasligi va talabning yuqori ekanligidan mahsulotlarni uyga yetkazib berish xizmati ishlamayotganini ma’lum qildi.

Mahalliy hokimiyat aholidan vahimaga tushmaslikni so‘radi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Mamlakatda umumiy hisobda 31 161 ta kasallanish holati qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют