» » O‘zbekistonda propiska so‘zi amaliyotdan chiqariladi

O‘zbekistonda propiska so‘zi amaliyotdan chiqariladi


O‘zbekistonda propiska so‘zi boshqa so‘z birikmasi bilan almashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi.

“Propiska — eskidan qolib ketgan tizim. 2011-yildan hozirga qadar Toshkent viloyatida 76 mingdan ziyod fuqaro, Toshkent shahrida esa 200 ming fuqaro doimiy propiskaga o‘tgan. Endilikda propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga ‘qayd etish’ so‘z birikmasi ishlatiladi”, — degan Azizbek Ikromov.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidlagan edi.

“Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlarimiz o‘rtasida tafovut mavjud. Buning yechimi — ichki migratsiyani erkinlashtirishdir. Shu bois, parlament va hukumat 2020-yil 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim”, — degan edi u.

Mavzuga doir: Toshkentda 1-apreldan doimiy propiskasiz uy sotib olishga ruxsat berilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют