» » Neymarning diskvalifikatsiyasi “El-Klasiko”da ishtirok etish huquqini bermasligi mumkin

Neymarning diskvalifikatsiyasi “El-Klasiko”da ishtirok etish huquqini bermasligi mumkin


“Barselona” hujumchisi Neymar mavsum o‘yinlaridan biri bo‘lgan “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.

La liganing 30 ta turida davomida “Barselona” futbolchilariga qizil kartochka ko‘rsatilmagandi. 31-turga kelib esa Neymar maydondan chetlatildi. “Malaga”ga qarshi bellashuvning 27-daqiqasida ogohlantirilgan braziliyalik futbolchi (butsasini bog‘lash bahonasida hakamning aytganini qilmagani uchun), 65-daqiqada raqibiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi (to‘pga yeta olmasligini bilgani uchun). Natijada Xil Mansano uni maydondan chetlatdi.

Aslida u kelasi turda bo‘lib o‘tadigan “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinni qo‘yib yuborib, 23-aprel kungi “El-Klasiko”da ishtirok etishi kerak edi. Ammo diskvalifikatsiya muddati uch o‘yinga qadar uzaytirilishi ham mumkin.

Marca’ning qayd etishicha, Neymar maydondan chiqib ketayotganida hakamlarga qarab qarsak chalgan. Shuning o‘ziyoq uni yana 1 ta o‘yinga chetlashtirib tashlashga qodir ishdir, deyiladi nashr xabarida.

Bu borada yakuniy qaror seshanba yoki chorshanba kunlarining birida qabul qilinadi.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют