» » Saida Mirziyoyeva Dubayda Tereza Mey, Ivanka Tramp va boshqalar bilan kechki ovqat vaqtida ayollar forumi ishini muhokama qildi (foto)

Saida Mirziyoyeva Dubayda Tereza Mey, Ivanka Tramp va boshqalar bilan kechki ovqat vaqtida ayollar forumi ishini muhokama qildi (foto)


BAAning Dubay shahrida 16—17-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon ayollar forumida O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva nutq so‘zlagani haqida xabar berilgan edi.

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, Dubayda o‘tayotgan Butunjahon ayollar forumining birinchi kunida u Manal bint Muhammad bin Rashid al-Maktum zoti oliyalari taklifiga ko‘ra ishtirokchilar bilan birga kechki ovqat tanovul qilgan.

“Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Tereza Mey, AQSh prezidenti katta maslahatchisi Ivanka Tramp, Dubay madaniyat va san’at boshqarmasi raisi shayx Latifa bint Muhammad ibn Rashid al-Maktum, Dubay Ayollar tashkiloti raisi Mona al-Marri, AQSh davlat depertamentining butunjahon ayollar masalalari bo‘yicha bo‘limi rahbari Kelli Karri va boshqa ishtirokchilar bilan forum ishini muhokama qildik”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga doir: Foto: Saida Mirziyoyeva va Ivanka Tramp

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad bin Rashid al-Maktum zoti oliyalari taklifiga binoan Dubayda bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют