» » Yangiyo‘l va Bekobod tumanlarida ham hokim o‘zgardi

Yangiyo‘l va Bekobod tumanlarida ham hokim o‘zgardi


Furqat Xudoyberdiyev Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga, Ulug‘bek Yalgashev viloyatning Yangiyo‘l tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Furqat Xudoyberdiyev Bekobod tumani rahbari lavozimida Ne’mat Abdullayevni almashtirgan. Ushbu tayinlovga qadar 41 yoshli Xudoyberdiyev Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlayotgan edi.

Ulug‘bek Yalgashev esa Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimida Abduqahhor To‘xtaboyevning o‘rnini egalladi. Yalgashev (1973-yilda tug‘ilgan) joriy tayinlovga qadar O‘zbekiston Hisob palatasida bosh inspektor sifatida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq Toshkent viloyatidagi Bo‘ka tumani hokimi o‘zgargani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют