» » Samarqandda tramvay yana yo‘lidan chiqib ketdi (video) 

Samarqandda tramvay yana yo‘lidan chiqib ketdi (video) 


19-fevral kuni ertalab 07:30 atrofida Samarqand shahrida harakatlanayotgan tramvay yo‘lidan chiqib ketdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Shaharning Sartepa—Temiryo‘l vokzali yo‘nalishi bo‘ylab qatnovchi 1-tramvay o‘z yo‘lidan chiqib ketib, katta yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan. Samarqand shahrida ikkita tramvay liniyasi mavjud bo‘lib, ulardan biri aynan Sartepa—Temiryo‘l vokzali yo‘nalishida qatnovchi 1-yo‘nalishdagi tramvay hisoblanadi.

Samarqand shahrining eng gavjum maskanida harakatlanuvchi tramvayning o‘z yo‘lidan chiqib ketishi birinchi marta sodir bo‘lmayapti. Bungacha ham 1-tramvay avtobus mashina va hatto boshqa bir tramvay bilan urilib ketgan.

Mavzuga doir:

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Amir Temur—Buyuk Ipak yo‘li chorrahasi bo‘ylab Sartepo—Temiryo‘l vokzali yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan 1-yo‘nalish tramvayi yo‘nalish yo‘lining nosozligi sababli relsdan chiqib ketgan.

Hozirda tramvayni yo‘nalishiga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Samarqand shahrida tramvay vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish, tozalash va yuvish sexlari qurilishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют