» » Oliy Majlis quyi palatasi fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni qabul qildi. U 50 ming vatandoshni O‘zbekiston fuqarosiga aylantiradi

Oliy Majlis quyi palatasi fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni qabul qildi. U 50 ming vatandoshni O‘zbekiston fuqarosiga aylantiradi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildi, deya xabar bermoqda palata matbuot xizmati.

Mavzuga doir: Fuqarolik olishda o‘zbek tilini muloqot darajasida bilish shart qilib belgilanishi mumkin

Qonun loyihasida 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskaga o‘tgan, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu qonun kuchga kirgan kunga qadar O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida istiqomat qilgan shaxs, istak bildirgan taqdirda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinishi nazarda tutilgan.

Qonun yangi tahriri loyihasiga “vatandosh” tushunchasi ham kiritilgan bo‘lib, fuqaroligi bo‘lmagan vatandoshlarga nisbatan fuqarolikka qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi belgilanmoqda. O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik mexanizmlari yaratilishi bo‘yicha qator normalar kiritilmoqda.

Ushbu qonun Oliy Majlisning yuqori palatasi — Senat tomonidan ma’qullanib, Prezident tomonidan imzolagach, kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1995-yildan beri istiqomat qilib kelayotgan, biroq fuqaroligi bo‘lmagan salkam 50 ming vatandoshga fuqarolik berishni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi vaqtida taklif qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют