» » Fuqarolik olishda o‘zbek tilini muloqot darajasida bilish shart qilib belgilanishi mumkin

Fuqarolik olishda o‘zbek tilini muloqot darajasida bilish shart qilib belgilanishi mumkin


18-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida 15 ta masala ko‘rib chiqildi. Unda parlament a’zolari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama etildi va qabul qilindi.

“Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, mazkur qonunning 24-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini minimal — muloqot qilish darajasida bilish talabi qo‘yilgan. Ushbu modda eng ko‘p va keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

“Fuqarolik berishda til haqida qo‘yilgan talabni to‘g‘ri, deb hisoblayman. O‘zbekistonda davlat tili — o‘zbek tili. Respublikada o‘z huquqlari himoya qilinishi uchun, fuqaro davlat tilida muloqot qila olish uchun tilni minimal darajada bilishi zarur. Har qanaqa etnik kelib chiqishdan qat’i nazar, bu talab to‘g‘ri.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mavjud. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibini vakolati darajasida mazkur tashkilot ko‘rib chiqishi eng maqbul yo‘l”, dedi spiker o‘rinbosari Alisher Qodirov.

Muhokamalar mobaynida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirarkan, xususan shunday dedi: “O‘zbekistonda yashayotgan fuqaroligi yo‘q shaxslarning asosiy qismini o‘zbeklar tashkil qiladi. Shu bois ham til bilan bog‘liq talab ularga muammo tug‘dirmaydi”.

Tahlillarga ko‘ra, mamlakatdagi fuqaroligi yo‘q shaxslarning umumiy soni 95 ming nafardan ziyod. Ularning 50 ming nafarga yaqini Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatidan so‘ng avtomatik tarzda O‘zbekiston fuqaroligiga o‘tishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga 1995-yilgacha kelgan shaxslarga fuqarolik avtomatik tarzda beriladi

Aziz Ikromovning ma’lum qilishicha, qolgan 45 ming kishining 80 foizi o‘zbek, 4 ming nafari rus, ming nafarga yaqini koreys millatiga mansub shaxslardir.

Tadbirda ta’kidlanishicha, mazkur hujjat amalga kiritilsa, qator qulayliklar yaratiladi. Jumladan, fuqarolikni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni qisqaradi, ortiqcha ovoragarchilik va qog‘ozbozlikka qisman chek qo‘yiladi. O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish tartib-taomillari erkinlashtiriladi. Fuqarolarning konsullik hisobiga turish muddati uzaytiriladi.

Muhokama yakunida qonun qabul qilindi va Senatga yuboriladigan bo‘ldi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yil sentabridan hozirgacha 8 ming 249 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Ularning asosiy qismi — 7 ming 765 nafari (94 foizi) 2016-yil dekabr oyidan 2019-yil iyul oyiga qadar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunning 6-moddasida 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekistonga kirib kelgan va doimiy propiskaga o‘tgan, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda bu qonun kuchga kirgan kunga qadar O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida istiqomat qilgan shaxs istak bildirgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi, deb tan olinishi nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют