» » Davlat tashkilotlarining o‘zbek tilini behurmatlik qilayotgani tanqid qilindi

Davlat tashkilotlarining o‘zbek tilini behurmatlik qilayotgani tanqid qilindi


Huquqshunos va bloger Xushnud Xudayberdiyev “O‘zbek tilini behurmat qilayotganlar” nomli maqola e’lon qildi. Unda davlat tashkilotlari tomonidan muhokamaga qo‘yilayotgan qonun hujjatlarining ko‘pchiligi rus tilida ekanligini tanqid qilingan. Quyida maqola to‘lig‘icha berildi.

O‘tgan oy rus tiliga rasmiy maqom berish haqidagi taklifni ko‘rib, ko‘pchilik jazavaga tushdi, aksariyat o‘zbeklarning dili og‘ridi, rost. Ammo bu taklif bugungi ahvolimizga tutilgan ko‘zgu edi, aslida.

Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bejizga yalpi majlisda “Tilimiz abgor holatga tushib qolganiga o‘zimiz aybdormiz” demagandi. “O‘zimiz” deganda eng avvalo davlat tashkilotlarini tushunishimiz kerak. Chunki aynan ular davlat tilini ko‘p o‘rinlarda pisand qilmasdan, behurmatlik qilishadi.

Birgina misol, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilayotgan qonun hujjatlari loyihalarining aksariyati rus tilida bo‘ladi. To‘g‘ri, vaziyat so‘nggi paytlarda biroz yaxshilandi, o‘zbek tilidagi matnlar ko‘paydi.

Ayrim hollarda esa ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilib chiqqandan keyingina, o‘zbekcha variantini joylashtirishmoqda. Masalan, Soliq kodeksi bunga misol.

Yoki kuni-kecha “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri rus tilida muhokamaga qo‘yilgani tanqid qilingandi, tezgina uning o‘zbekcha varianti ham paydo bo‘ldi. Ammo haligacha holat qoniqarli ahvolda emas. Keling, aniq misollarga o‘tamiz.

Oxirgi 1 oy ichida 6 ta Qonun loyihasi faqat rus tilida muhokamaga qo‘yilgan. Ushbu tashkilotlar qonun loyihasining o‘zbek tilidagi variantini taqdim etmaganini davlat tiliga nisbatan hurmatsizlik deb baholash mumkinmi? O‘zbekistonda davlat tili rus tili emasku, har holda.

Faqat rus tilida e’lon qilingan qonun loyihalari ro‘yxati bilan tanishing:

Muhokamasi davom etayotgan hujjatlar:

Muhokamasi yakunlangan loyihalar:

Bu faqat qonun loyihalari xolos. Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari haqida-ku gapirmay qo‘ya qolay. Ularda ahvol bundan ham yomonroq. Masalan, bugungi kunda muhokamasi davom etayotgan 15 ta Prezident qarori loyihasining 8 tasi rus tilida joylashtirilgan.

Yuqorida nomlari zikr etilgan tashkilotlariga savol: Siz uchun o‘zbek tilining hurmati bormi, yo‘qmi? “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni tan olasizlarmi? O‘zbek tilining rivoji haqida soatlab nutq so‘zlash, ijtimoiy tarmoqlarda betinim muhokama qilish bilan bir qatorda amaliy ishlarga o‘tish payti keldi, menimcha.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют