» » Prezident farmoni bilan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatdan maqsad o‘zbek tilining xalq ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash hisoblanadi.

Farmon bilan Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etish va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlanadigan bo‘ldi.

Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:

Vazirlar Mahkamasi zimmasiga esa uch oy muddatda “O‘zbek tili bayrami kuni”ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasini, “Davlat tili haqida”gi Qonunning bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish; ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida qaror qabul qilish vazifasi yuklandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2020—2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritadi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют